“9621-modda. Konsorsium shartnomasining oʻziga xos xususiyatlari
Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1025-son) · Sana: 07.02.2025 · Amalda
Konsorsium shartnomasiga asosan tashkil etilgan yuridik shaxslar birlashmasi alohida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmaydi.
Konsorsium shartnomasi sheriklari (ishtirokchilari) oʻzining mustaqil xoʻjalik faoliyatini saqlab qolgan holda boshqa konsorsiumlarning faoliyatida ishtirok etishi mumkin.
Konsorsium shartnomasi sheriklari (ishtirokchilari) oʻrtasidagi munosabatlar yozma shaklda tuziladigan konsorsium shartnomasi bilan tartibga solinadi.
Konsorsium shartnomasi sheriklariga (ishtirokchilariga) tovar bozoridagi narxlarni sunʼiy ravishda oshirish yoki pasaytirish, shu jumladan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga zid boʻlgan harakatlarni kelishib olish taqiqlanadi.
Konsorsium shartnomasiga asosan tashkil etilgan yuridik shaxslar birlashmasi konsorsium shartnomasida belgilangan tijorat faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan kelishilgan ishlar yakuniga yetkazilganda yoki uning sheriklari (ishtirokchilari) qaroriga asosan oʻz faoliyatini tugatadi.
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, konsorsium shartnomasiga nisbatan ushbu bob qoidalari qoʻllaniladi”;
34) 999-moddaning ikkinchi qismidagi “xoʻjalik yuritish huquqi yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 223-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan OʻRQ-370-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 12, 880, 886, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 973-modda; 2022-yil, № 3, 216, 217-moddalar; 2023-yil, № 1, 1-modda; 2024-yil, № 2, 110, 111-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 26-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“jamiyat aksiyadorlari (ishtirokchilari) oʻrtasida ularning huquqlarini amalga oshirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan tartibda korporativ shartnoma tuzish”;
oʻn ikkinchi xatboshisi oʻn uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
2) 93-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik shaxslar qoʻshib yuborilgan taqdirda, ularning har biriga tegishli barcha huquq va majburiyatlar, bu topshirish dalolatnomalarida koʻrsatilganligidan yoki koʻrsatilmaganligidan qatʼi nazar, yangidan yuzaga kelgan yuridik shaxsga oʻtadi”;
3) 94-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qoʻshib olinayotganda, qoʻshib olinayotgan yuridik shaxsning barcha huquq va majburiyatlari, ular topshirish dalolatnomalarida koʻrsatilganligidan yoki koʻrsatilmaganligidan qatʼi nazar, qoʻshib olayotgan yuridik shaxsga oʻtadi”.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi 265-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 10, 473-modda; 2010-yil, № 5, 177-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 265, 267-moddalar, № 9, 589, 592-moddalar; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 797-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda, № 11, 1061-modda; 2023-yil, № 1, 2-modda; 2024-yil, № 5, 460-modda) 8-moddasining ikkinchi qismidagi “korxonalari” degan soʻz chiqarib tashlansin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura toʻgʻrisida”gi 349-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2008-yil, № 12, 641-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2018-yil, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 1, 3-modda, № 5, 267-modda, № 9, 591-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 8, 631-modda; 2024-yil, № 2, 105, 111, 115-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 3-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “korxonalari” degan soʻz chiqarib tashlansin;
2) 31-moddaning uchinchi qismidagi “korxonalari” degan soʻz chiqarib tashlansin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 161-modda, № 4, 199-modda, № 8, 469-modda, № 11, 792-modda; 2020-yil, № 9, 540-modda; 2021-yil, № 1, 3-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda; 2022-yil, № 6, 570, 577-moddalar; 2023-yil, № 10, 795-modda, № 11, 919-modda; 2024-yil, № 7, 629-modda, № 8, 831-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 22-moddaning:
birinchi qismidagi “xoʻjalik yuritish huquqi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismidagi “xoʻjalik yuritish huquqi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 49-moddaning uchinchi qismidagi “(aksiyadorlik jamiyatlari, masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar hamda xoʻjalik shirkatlari)” degan soʻzlar “(xoʻjalik jamiyatlari hamda shirkatlari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi 666-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 432-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800-modda; 2022-yil, № 6, 570, 577-moddalar) 15-moddasining beshinchi qismidagi “xoʻjalik yuritish huquqi yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2007-yil, № 1, 3-modda, № 4, 156-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 12/2, 365-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 10, 673, 676-moddalar; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 4, 199-modda, № 11, 792-modda; 2020-yil, № 9, 539-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 973-modda; 2022-yil, № 3; 216-modda; 2024-yil, № 8, 830, 831-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 8-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat muassasalari va tashkilotlarining operativ boshqaruvida boʻlgan idoraviy uy-joy fondi”;
2) 12-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat muassasalari va tashkilotlari mulkchilikning boshqa shakliga oʻtganda yoki ular qayta tashkil etilganda ularning operativ boshqaruvida boʻlgan uy-joy fondi ushbu muassasa va tashkilotlar huquqiy vorislariga (agar ular aniqlangan boʻlsa), boshqa yuridik shaxslarga mulk qilib yoxud ularning operativ boshqaruviga yoxud belgilangan tartibda fuqarolarning barcha uy-joy huquqlarini, shu jumladan uy-joyni xususiylashtirish huquqini saqlagan holda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tasarrufiga oʻtkazilishi kerak. Bunda uy-joyning yangi mulkdori, egasi ilgari tuzilgan ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchi boʻlib qoladi”;
3) 35-moddaning beshinchi qismidagi “korxonalari” degan soʻz chiqarib tashlansin;
4) 137-moddaning beshinchi qismidagi “korxonalari” degan soʻz chiqarib tashlansin.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi 770-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 16-aprelda qabul qilingan OʻRQ-475-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 423-modda; 2019-yil, № 8, 470-modda; 2020-yil, № 9, 539, 540-moddalar; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda) 8-moddasining ikkinchi qismidagi “davlat organlari, muassasalari va korxonalariga” degan soʻzlar “davlat organlari va muassasalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi 811-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 208-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2009-yil, № 4, 135-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 6, 577-modda; 2024-yil, № 8, 825-modda) 11-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu moddaning amal qilishi davlat muassasalari va tashkilotlari oʻrtasida ularga operativ boshqarish huquqi asosida biriktirilgan mol-mulkni tasarruf etishda kelib chiqadigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi 813-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 210-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 4, 138-modda, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 592-modda; 2020-yil, № 3, 203-modda, № 7, 449-modda, № 10, 597-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 569-modda; 2024-yil, № 2, 105-modda, № 5, 460-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 19-moddaning:
birinchi qismidagi “korxonalari va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidagi “korxonalari va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 21-moddadagi “davlat korxonalariga” degan soʻzlar “davlat muassasalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrda qabul qilingan “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi 312-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 12-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) 7-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat ulushi ellik bir foizdan kamayishi mumkin boʻlmagan korxona vakil qilingan kompaniya boʻlishi mumkin”.
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi 712-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-iyulda qabul qilingan OʻRQ-483-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 428-modda; 2019-yil, № 11, 791-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 214-modda, № 4, 337-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 8, 823-modda) 16-moddasiga kuyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
ikkinchi qismdagi “unitar korxonalar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismdagi “unitar korxonalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Ipoteka toʻgʻrisida”gi OʻRQ-58-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 535-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 10, 671-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 577-modda; 2023-yil, № 10, 795-modda) 58-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
uchinchi qism chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar tegishincha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 2-mayda qabul qilingan “Homiylik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-96-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 5, 218-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 5, 464-modda) 7-moddasining ikkinchi qismidagi “davlat unitar korxonalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 21-aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-155-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 191-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 99-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2020-yil, № 11, 652-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 803-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda; 2023-yil, № 1, 2-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning oʻninchi xatboshisidagi “xoʻjalik yuritish huquqi yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 6-moddaning uchinchi qismidagi “xoʻjalik yurituviga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ-163-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyunda qabul qilingan OʻRQ-387-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 227-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 3, 166-modda, № 4, 199-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 10, 968, 973-moddalar; 2022-yil, № 3, 217-modda; 2023-yil, № 4, 272-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-modda matnining:
oʻn beshinchi xatboshisidagi “va davlat korxonalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oʻn yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“korporativ obligatsiyalar — aksiyadorlik jamiyatlari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar”;
2) 6-moddaning uchinchi qismidagi “shuningdek davlat korxonalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin”;
3) 44-moddaning beshinchi qismi:
quyidagi mazmundagi yigirma birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Kuzatuv kengashining aksiyalar, korporativ obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni chiqarish boʻyicha qarorlari”;
yigirma birinchi xatboshisi yigirma ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
4) 48-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qimmatli qogʻozlar bozorida qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish, xizmatlar koʻrsatish va (yoki) ishlarni bajarish huquqiga doir malaka guvohnomasi berilganligi toʻgʻrisidagi”.
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 15-iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-252-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 6, 233-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2023-yil, № 11, 923-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 4-moddaning:
ikkinchi qismidagi “korxonalari” degan soʻz chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidagi “korxonalari” degan soʻz chiqarib tashlansin;
2) 20-moddaning ikkinchi qismidagi “korxonalari” degan soʻz chiqarib tashlansin;
3) 24-modda birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “korxonalari” degan soʻz chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshisidagi “korxonalari” degan soʻz chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “korxonalari” degan soʻz chiqarib tashlansin.
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-sentabrda qabul qilingan “Tijorat siri toʻgʻrisida”gi OʻRQ-374-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 245-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2024-yil, № 2, 111-modda) 5-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “davlat unitar korxonasining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-mayda qabul qilingan “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-537-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 5, 262-modda; 2021-yil, № 1, 16-modda, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 7, 533-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda) 17-moddasi beshinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “xoʻjalik yuritish huquqining yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 6, 444, 446-moddalar, № 7, 540-modda, №12, 1011-modda; 2024-yil, № 2, 106, 110, 111-moddalar, № 5, 458, 459-moddalar, № 8, 822, 831-moddalar) 306-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) toʻrtinchi qism chiqarib tashlansin;
2) beshinchi — qirqinchi qismlar tegishincha toʻrtinchi — oʻttiz toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin.
28-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda, № 9, 710-modda; 2024-yil, № 1, 5, 6, 7-moddalar, № 2, 101, 105, 107, 108, 111, 112-moddalar, № 8, 819, 823, 831-moddalar) 15-moddasining ikkinchi qismidagi “davlat korxonalari negizida tuzilayotgan aksiyadorlik jamiyatlarini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevralda qabul qilingan “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-604-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 2, 106-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 105-modda) 24-moddasining birinchi qismidagi “davlat unitar korxonasi” degan soʻzlar “davlat muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
30-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi OʻRQ-637-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 9, 538-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 1, 101-modda) 66-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
birinchi qismidagi “xoʻjalik yurituvidagi yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “yoki xoʻjalik yurituvida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
31-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-642-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 595-modda; 2021-yil, № 4, 287-modda, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 464-modda, № 6, 570-modda, 10-songa ilova; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda) 81-moddasi uchinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “xoʻjalik yuritish huquqi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
32-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-fevralda qabul qilingan OʻRQ-676-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 2, 145-modda; 2022-yil, № 6, 570-modda, № 11, 1061-modda; 2023-yil, № 10, 795-modda, № 11, 923-modda, № 12; 1010-modda; 2024-yil, № 8, 830, 831-moddalar) 83-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
uchinchi qism chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi qismlar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.
33-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevralda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-677-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 2, 146-modda; 2022-yil, № 3, 216, 217-moddalar, № 4, 340-modda; 2023-yil, № 1, 2-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 105-modda) 35-moddasi birinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “va davlat unitar korxonalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
34-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-aprelda qabul qilingan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 4, 289-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda) 19-moddasi birinchi qismining 2-bandiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
35-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 23-avgustda qabul qilingan “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-710-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 8, 802-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 8-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “korxonalari” degan soʻz chiqarib tashlansin;
2) 13-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “korxonalari” degan soʻz chiqarib tashlansin;
3) 24-modda:
birinchi qismidagi “xoʻjalik yurituvida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “xoʻjalik yurituvida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
36-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 12-aprelda qabul qilingan “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-763-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 4, 338-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda, 2024-yil, № 1, 5-modda, № 8, 823-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 9-modda birinchi qismining:
toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshisi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
2) 96-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “xoʻjalik jamiyatlari hamda masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlarning” degan soʻzlar “xoʻjalik jamiyatlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
37-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrda qabul qilingan “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-803-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 11, 1064-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 10-modda:
birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi — oʻn beshinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 36-moddaning nomi, birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
