“35-modda. Davlat muassasasini oʻzgartirish”;
Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1025-son) · Sana: 07.02.2025 · Amalda
birinchi qismidagi “davlat unitar korxonasi yoki davlat muassasasi” degan soʻzlar “davlat muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “davlat unitar korxonasining yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — yettinchi qismlari tegishincha uchinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin;
toʻrtinchi qismidagi “Davlat unitar korxonasi yoki davlat muassasasi” degan soʻzlar “Davlat muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat muassasasini xoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran va mazkur jarayon yakunlanguniga qadar ushbu muassasaga operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan davlat mulkini sotishga, hisobdan chiqarishga, garovga berishga, yuridik shaxslarning ustav fondlariga (ustav kapitallariga) kiritishga yoki uni boshqacha tarzda tasarruf etishga yoxud boshqacha usullar bilan davlat mulkiga nisbatan majburiyatlarni yuzaga keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi (bundan joriy xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq hollar mustasno)”;
oltinchi qismidagi “Davlat unitar korxonasi yoki davlat muassasasi” degan soʻzlar “Davlat muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 38-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari faoliyatini moliyalashtirish ularning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”;
11) 42-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
12) 47-modda birinchi qismining:
uchinchi xatboshisi chiqarib tashlasin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “davlat unitar korxonalariga va” degan soʻzlar chiqarib tashlasin;
13) 48-modda toʻrtinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “davlat unitar korxonalari va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
