Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida (419-I-son) · Sana: 25.04.1997 · Amalda
Idoralarga qarashli yoʻlovchilar transporti jumlasiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning oʻz xodimlarini muayyan yoʻnalish va harakat jadvali boʻyicha mazkur korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan belgilangan tartibda yoxud tashish shartnomasi boʻyicha tashish xizmatlari koʻrsatuvchi avtobuslari va mikroavtobuslari kiradi.
Idoralarga qarashli yoʻlovchilar transportidan shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi bilan tuzilgan tashish shartnomasi boʻyicha yoʻlovchilar tashish uchun foydalanilishi mumkin. Bu holda shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonunchilikning qoidalari idoralarga qarashli yoʻlovchilar transportiga nisbatan tatbiq etiladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-10943
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 6-modda. Idoralarga qarashli yoʻlovchilar transporti Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida (419-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-7367/6 (lex.uz/docs/-10943)