7-modda. Yoʻlovchi tashish shartnomasi
Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida (419-I-son) · Sana: 25.04.1997 · Amalda
Shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilar tashish ishi tashish shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Yoʻlovchi tashish shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi.
Quyidagilar tashish shartnomasining taraflaridir:
tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda transport vositasiga ega boʻlgan, shaharda tijorat asosida yoʻlovchilar tashish xizmati koʻrsatadigan va bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʻlgan yuridik shaxs;
yoʻlovchi — tashuvchining xizmatidan foydalanuvchi jismoniy shaxs.
Tashish shartnomasi boʻyicha tashuvchi yoʻlovchini va uning bagajini belgilangan manzilga eltib qoʻyishi shart. Yoʻlovchi belgilangan yoʻl haqini, bagaji boʻlsa, bagaj tashish haqini ham toʻlashi shart.
