5-modda. Shahar yoʻlovchilar transportining turlari
Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida (419-I-son) · Sana: 25.04.1997 · Amalda
Shahar yoʻlovchilar transporti jumlasiga avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten, yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilar kiradi.
Avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten va yoʻnalishli taksilar belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha, harakat jadvaliga muvofiq, belgilangan tarifdagi haq evaziga yoʻlovchilar tashiydi.
Yoʻnalishsiz taksilar yoʻlovchilarning talablari asosida taksometr (hisoblagich) koʻrsatishi boʻyicha haq evaziga tashish xizmatlari koʻrsatadi.
