13-modda. Yerni masofadan zondlash
Kosmik faoliyat toʻgʻrisida (O‘RQ-1017-son) · Sana: 13.01.2025 · Amalda
Milliy operator ilmiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologiyaga, axborotga, tijoratga oid maqsadlarda, shuningdek mamlakat mudofaasi va xavfsizligi ehtiyojlari uchun Yerni masofadan zondlash maʼlumotlarini olishni rejalashtirish, olish, ularga ishlov berishni, ularni saqlash va tarqatishni amalga oshiradi.
Zarurat boʻlganda Milliy operator Yerni masofadan zondlashga doir maʼlumotlarni vazirliklar hamda idoralarga, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etadi.
