12-modda. Kosmik tizimlarning turlari
Kosmik faoliyat toʻgʻrisida (O‘RQ-1017-son) · Sana: 13.01.2025 · Amalda
Quyidagilar kosmik tizimlarning turlari jumlasiga kiradi:
Yerni masofadan zondlash;
kosmik monitoring;
davlat kosmik monitoringi;
kosmik aloqa tizimi;
yuqori aniqlikdagi sunʼiy yoʻldosh navigatsiya tizimi;
kosmik tizimlarning ilmiy, iqtisodiy, ekologiyaga, axborotga va tijoratga oid maqsadlarda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yaratilgan boshqa turlari.
