16-modda. Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash tizimi va rejasi, domen nomlari tizimi
Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida (O‘RQ-1015-son) · Sana: 27.12.2024 · Amalda
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash tizimi va rejasi, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻi milliy segmentining domen nomlari tizimi tartibga soluvchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash resurslarini va domen nomlarini hisobga olish, tizimlashtirish va ulardan foydalanilishi ustidan nazorat tartibga soluvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash resurslaridan operatorlar va provayderlar tomonidan, shuningdek domen nomlaridan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan foydalanish pulli asosda amalga oshiriladi.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash resurslaridan va domen nomlaridan foydalanganlik uchun toʻlovlarning miqdorlari hamda ularni toʻlash tartibi, shuningdek ularga doir imtiyozlar qonunchilikda belgilanadi.
