9-modda. Harbiy sohadagi davlat sirlari jumlasiga kiritiladigan maʼlumotlar
Davlat sirlari toʻgʻrisida (O‘RQ-1016-son) · Sana: 27.12.2024 · Amalda
Harbiy sohadagi davlat sirlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) qoʻshinlarning birgalikda harakatlanish rejalarini, tezkor rejalarni, maxfiy obyektlarni qoʻriqlash hamda mudofaa qilish rejalarini fosh etuvchi maʼlumotlar, jangovar boshqaruv hujjatlari, favqulodda vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoʻshinlarini turli darajadagi jangovar shaylik holatiga keltirish boʻyicha hujjatlar;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining strategik jihatdan yoyilishi, soni, jangovar taʼminoti, holati, qurollanishi, tashkiliy tuzilmasi, rivojlanishi, jangovar tarkibi yoki miqdori, jangovar tayyorgarligi toʻgʻrisidagi, shuningdek harbiy-siyosiy va (yoki) tezkor vaziyat haqidagi maʼlumotlar;
3) qoʻshinlarning safarbarlik jihatdan yoyilishi, odamlarni va transport vositalarini safarbar qilish, safarbarlik jihatdan yoyilishni boshqarish tizimi va (yoki) qoʻshinlarni shaxsiy tarkib bilan butlash, qurol-yarogʻ, harbiy texnika hamda boshqa moddiy va moliyaviy vositalar bilan taʼminlash imkoniyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
4) qurol-yarogʻ va harbiy texnikani rivojlantirish hamda qoʻshinlarni butlashning yoʻnalishlarini, uzoq muddatli rejalarini va istiqbollarini fosh etuvchi maʼlumotlar, qurol-yarogʻ va harbiy texnika namunalarini yaratish hamda modernizatsiya qilish boʻyicha maqsadli dasturlarni, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirishning mazmuni hamda natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek qurol-yarogʻ va harbiy texnikaning taktik-texnik xususiyatlarini fosh etuvchi maʼlumotlar;
5) davlat mudofaa buyurtmasi doirasidagi buyurtmalar, qurol-yarogʻ va harbiy texnikani ishlab chiqarish hamda yetkazib berish hajmlari va yoʻnalishlari, qurol-yarogʻ va harbiy texnikaning konstruksiyalari, ularni ishlab chiqarish texnologiyalari, ularning jangovar, fizik, kimyoviy tavsiflari toʻgʻrisidagi, shuningdek qurol-yarogʻ va harbiy texnikani qoʻllash tartibi haqidagi maʼlumotlar;
6) qurol-yarogʻ va harbiy texnikaning metrologik taʼminoti holatini, qurol-yarogʻ va harbiy texnikani sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishni belgilovchi harbiy etalonlarning yoki metrologik taʼminot vositalarining texnik yoki metrologik tavsiflarini fosh etuvchi maʼlumotlar;
7) qurol-yarogʻni va harbiy texnikani loyihalashtirish, yaratish, ishlab chiqarish yoki taʼmirlash uchun ajratilgan yoki amalda sarflangan mablagʻlarni fosh etuvchi maʼlumotlar;
