7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining davlat sirlari sohasidagi vakolatlari
Davlat sirlari toʻgʻrisida (O‘RQ-1016-son) · Sana: 27.12.2024 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati davlat sirlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Maxsus vakolatli davlat organi:
zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan tashkilotlarga davlat sirlari bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat beradi va (yoki) uni chaqirib oladi;
davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning faoliyatini davlat sirlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan muvofiqlashtiradi;
davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda maxfiylik rejimini taʼminlash faoliyatini muvofiqlashtiradi, mazkur faoliyatni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish yuzasidan ushbu tashkilotlarga tavsiyalar kiritadi;
oʻz vakolatlari doirasida davlat sirlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, shuningdek ularning mazkur sohadagi faoliyatini nazorat qiladi;
davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish maqsadida shaxslarni tekshiruvdan oʻtkazadi, shuningdek davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani berish (bermaslik) toʻgʻrisida va uni bekor qilish haqida qarorlar qabul qiladi;
axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, realizatsiya qilishga doir faoliyatni litsenziyalashni amalga oshiradi;
axborotning kriptografik va texnik himoya vositalarini, shuningdek axborotlashtirishning texnik vositalarini sertifikatlashtirishni amalga oshiradi hamda nazorat qiladi;
davlat sirlarini oʻz ichiga olgan axborot tizimlarini roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiradi;
davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda maxfiylik rejimiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar va shaxslarni tegishli normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan tekshirish tadbirlarini amalga oshiradi;
davlat sirlari toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi bilan bogʻliq jinoyatlarning oldini oladi, ularni aniqlaydi, fosh etadi va tergov qiladi;
davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan maxfiy-rejim organlarining tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi hamda tugatilishini, shuningdek ushbu organlar xodimlarining lavozimga tayinlanishini va lavozimidan ozod etilishini kelishadi;
