26-modda. Davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma berishning alohida tartibi
Davlat sirlari toʻgʻrisida (O‘RQ-1016-son) · Sana: 27.12.2024 · Amalda
Quyidagi shaxslarga davlat sirlaridan foydalanishga doir tegishli shakldagi ruxsatnoma tekshiruv tadbirlari oʻtkazilmasdan rasmiylashtiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga — lavozimga kirishgan paytdan eʼtiboran vakolatlari muddatiga;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga — lavozimga tayinlangan kundan eʼtiboran vakolatlari muddatiga;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlariga — ular saylangan kundan eʼtiboran vakolatlari muddatiga;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzolariga — ular saylangan (tayinlangan) kundan eʼtiboran vakolatlari muddatiga;
Oʻzbekiston Respublikasi sudyalariga — ular saylangan (tayinlangan) kundan eʼtiboran vakolatlari muddatiga;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan saylangan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylangan va tayinlangan shaxslarga — oʻz xizmat faoliyati davriga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga lavozimga tayinlangan shaxslarga — oʻz xizmat faoliyati davriga;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga lavozimga tayinlangan shaxslarga — oʻz xizmat faoliyati davriga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlangan shaxslarga — oʻz xizmat faoliyati davriga.
