25-modda. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga, chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma berishga oid talablar
Davlat sirlari toʻgʻrisida (O‘RQ-1016-son) · Sana: 27.12.2024 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga, chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirishda quyidagilar talab etiladi:
shaxsning oʻziga ishonib topshirilgan davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etmaslik toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi oldida yozma majburiyat qabul qilishi;
shaxsning ushbu Qonunning 30-moddasiga muvofiq oʻz huquqlari cheklanishiga yozma ravishda rozilik berishi;
shaxs tomonidan davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma berilishidan oldin maxsus vakolatli davlat organining ushbu shaxsga nisbatan tekshiruv tadbirlarini oʻtkazishiga yozma rozilik berishi;
davlat sirlari toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tanishish, shu jumladan uni buzganlik uchun javobgarlikka oid qismi bilan tanishish.
