21-modda. Maʼlumotlarni maxfiylikdan chiqarish asoslari
Davlat sirlari toʻgʻrisida (O‘RQ-1016-son) · Sana: 27.12.2024 · Amalda
Maʼlumotlarni maxfiylikdan chiqarish asoslari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida davlat sirlarini tashkil etuvchi ayrim maʼlumotlarni almashish boʻyicha xalqaro majburiyatlarni qabul qilish;
davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni bundan buyon himoya qilish obyektiv holatlar oʻzgarishi natijasida maqsadga muvofiq emas deb topilishi;
Oʻzbekiston Respublikasida maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatiga oʻzgartirish yoki qoʻshimcha kiritilishi;
davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlari roʻyxatiga oʻzgartirish yoki qoʻshimcha kiritilishi;
davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni maxfiylashtirish muddati tugashi.
Qonunchilikda maʼlumotlarni maxfiylikdan chiqarishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin.
