33-modda. Temir yoʻl transportida davlat-xususiy sheriklik
Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida (O‘RQ-1006-son) · Sana: 27.11.2024 · Amalda
Temir yoʻl transporti obyektlari va temir yoʻl transporti ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkalari davlat-xususiy sheriklik shartnomalari asosida qurish, modernizatsiya qilish va boshqarish uchun xususiy sherikka topshirilishi mumkin.
Temir yoʻl transporti obyektlari va temir yoʻl transporti ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkalari konsessiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik kelishuvlari amal qiladigan muddatga ijara, egalik qilish va foydalanish huquqlari asosida xususiy sherikka topshiriladi.
Temir yoʻl transporti obyektlarini va temir yoʻl transporti ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkalarini topshirish tartibi “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
