34-modda. Temir yoʻl transporti xodimlarining mehnatga oid munosabatlari
Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida (O‘RQ-1006-son) · Sana: 27.11.2024 · Amalda
Temir yoʻl transporti xodimlarining mehnatga oid munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Ishi bevosita poyezdlar harakati bilan bogʻliq boʻlgan temir yoʻl transporti ayrim toifadagi xodimlarining ish vaqti rejimi, dam olish rejimi va boshqa mehnat sharoitlari xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Umumiy foydalanishda boʻlgan temir yoʻl transporti va umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻl transporti egalari, tashuvchilar ishi poyezdlar harakati bilan bogʻliq boʻlgan va mehnat sharoiti noqulay ishlarda band boʻlgan xodimlar dastlabki tarzda va davriy tibbiy koʻriklardan oʻtkazilishini tashkil etadi. Bunday lavozimlar va ishlar roʻyxati, shuningdek tibbiy koʻriklarni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
