52-modda. Iqtisodiy normativlar
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida (154-I-son) · Sana: 21.12.1995 · Kuchini yo'qotgan
Markaziy bank banklar uchun majburiy boʻlgan iqtisodiy normativlarni, shu jumladan:
kapitalning monandlik koeffitsiyentini;
bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga tavakkalchilikning eng koʻp miqdorini;
yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng koʻp miqdorini;
likvidlilik koeffitsiyentlarini;
aktivlarni tasniflash va baholashga doir talablarni, shuningdek bunday tasniflar asosida bankning operatsiya xarajatlari jumlasiga kiritiladigan chegirmalardan shubhali va harakatsiz qarzlarga qarshi tashkil etiladigan zaxiralarni shakllantirishni;
qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqarish va ularni bank daromadlari hisobvaragʻiga kiritishga doir talablarni;
ochiq valyuta mavqeyi limitlarini belgilaydi.
Markaziy bank mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun majburiy iqtisodiy normativlarni belgilaydi.
Markaziy bank iqtisodiy normativlarning oʻzgarishi toʻgʻrisida kamida bir oy oldin eʼlon qiladi.
