22-modda. Ombudsmanning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish chogʻidagi huquqlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida (O‘RQ-1002-son) · Sana: 15.11.2024 · Amalda
Ombudsman jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish chogʻida quyidagi huquqlarga ega:
aniqlanishi lozim boʻlgan holatlarni tekshirishda koʻmaklashishni soʻrab tashkilotlar va mansabdor shaxslarga murojaat qilish;
aniqlanishi lozim boʻlgan holatlarni tekshirish uchun tashkilotlarning vakillarini va mansabdor shaxslarni taklif etish;
mansabdor shaxslardan tushuntirishlar olish, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
aniqlanishi lozim boʻlgan masalalar yuzasidan tashkilotlar va mutaxassislarga xulosalar tayyorlashni topshirish;
murojaatni uning mohiyatiga koʻra hal qilishga vakolatli boʻlgan tashkilotga yoki mansabdor shaxsga yuborish;
murojaatni koʻrib chiqishni sababini koʻrsatgan holda rad etish.
Ombudsman jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish chogʻida qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
