7-modda. Psixologik yordam koʻrsatish standartlari
Aholiga psixologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida (O‘RQ-989-son) · Sana: 05.11.2024 · Amalda
Psixologik yordam koʻrsatish standartlari Oʻzbekiston Respublikasining Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Psixologik yordam koʻrsatish standartlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
psixologik yordam koʻrsatishning ruxsat etilgan usullari va vositalarini;
psixologik yordam koʻrsatishning turlariga, shakllariga va davomiyligiga oid talablarni;
psixologlarga qoʻyiladigan malaka talablarini;
psixologik yordam koʻrsatish joyiga doir talablarni;
psixologik yordam koʻrsatishni soʻrab murojaat qilgan shaxsni axborot bilan taʼminlash boʻyicha talablarni.
