68-modda. Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilarning majburiyatlari
Yer qaʼri toʻgʻrisida (O‘RQ-987-son) · Sana: 31.10.2024 · Amalda
Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilar:
1) ruxsatnoma berilgan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida Yer qaʼridan foydalanish markaziga ruxsatnoma amal qiladigan butun davr uchun rekognossirovka qilish ishlarining kompleks loyihasini taqdim etishi;
2) biror-bir rekognossirovka qilish ishlari boshlanguniga qadar barcha zarur ruxsatnomalarni olishi, ekologik ekspertizani oʻtkazishi va davlat ekologik ekspertizasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining ijobiy xulosasini olishi shart.
Rekognossirovka qilish ishlarining loyihasida taklif etilayotgan ishlar batafsil tavsiflanadi va kamida quyidagilar koʻrsatiladi:
a) tegishli rekognossirovka qilish ishlarining maqsadi va xususiyati;
b) taklif etilayotgan rekognossirovka qilish usullari, shuningdek foydalanilishi taxmin qilinayotgan materiallar va asbob-uskunalar;
v) uglevodorodlarni rekognossirovka qilish ishlari davomida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan xarajatlarning kutilayotgan eng kam summasi;
g) zarur boʻlgan taqdirda, foydalanishdan chiqarish boʻyicha dastlabki reja.
Rekognossirovka qilish ishlari loyihasining shakli qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan taqdim etiladigan rekognossirovka qilish ishlarining loyihasi yer qaʼridan foydalanuvchi biror-bir rekognossirovka qilish ishlarini boshlaguniga qadar Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Yer qaʼridan foydalanish markazi loyihani yigirma ish kuni ichida koʻrib chiqadi. Loyihaning tasdiqlanishini rad etish asoslangan boʻlishi kerak. Rekognossirovka qilish ishlarining loyihasi faqat loyiha ushbu Qonun, tegishli ekologiya toʻgʻrisidagi qonunchilik yoki boshqa qoʻllaniladigan qonunchilik qoidalariga muvofiq boʻlmagan taqdirda rad etilishi mumkin.
Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati davomida yer qaʼridan foydalanuvchi:
1) ekologik ekspertizaning ushbu modda birinchi qismining 2-bandida koʻrsatilgan barcha zarur boʻlgan ijobiy xulosalari olingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida uglevodorodlarni rekognossirovka qilish ishlarini boshlashi;
