30-modda. Yer qaʼridan foydalanish turlari
Yer qaʼri toʻgʻrisida (O‘RQ-987-son) · Sana: 31.10.2024 · Amalda
Yer qaʼridan foydalanish turlari quyidagilardan iborat:
1) qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish;
2) qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olish;
3) uglevodorodlarni rekognossirovka qilish;
4) uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish;
5) uglevodorodlarni qazib olish;
6) yer ostida saqlash maqsadida geologik jihatdan oʻrganish;
7) yer ostida saqlash;
8) oltin izlovchilar usulida qazib olish;
9) kolleksiya materiallari namunalarini toʻplash.
