25-modda. Interaktiv geologik portal
Yer qaʼri toʻgʻrisida (O‘RQ-987-son) · Sana: 31.10.2024 · Amalda
Interaktiv geologik portal yer qaʼridan foydalanish sohasidagi maʼlumotlardan yer qaʼri kadastr tizimi maʼlumotlar bazasining va GAT asosidagi geologik maʼlumotlar bazasining axboroti asosida foydalanish imkonini beradi.
Yer qaʼri davlat fondi kadastrining maʼlumotlaridan foydalanish va ushbu maʼlumotlarni koʻz bilan koʻrishdan tashqari, GAT asosidagi geologik maʼlumotlar bazasi maxfiy boʻlmagan mavjud maʼlumotlarni hamda foydali qazilmalarni qazib olishning mavjud boʻlgan va qarovsiz qolgan uchastkalari; ifloslangan uchastkalar; foydali qazilmalar belgilari va konlar zaxiralari; tuproqshunoslik, eroziya, geologiya, geokimyo, tektonika, geofizika, gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi; iqlim sharoitlari hamda, agar qoʻllaniladigan boʻlsa, geotermal energiya toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga oladi.
GAT asosidagi geologik maʼlumotlar bazasi GAT portali, axborot tizimlari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri yoki veb-saytlar orqali axborot almashishni amalga oshirish imkonini beradi.
Interaktiv geologik portal maʼlumotlari ushbu Qonunning qoidalariga muvofiq foydalanish uchun ochiqdir.
