19-modda. Kadastr kvadrati
Yer qaʼri toʻgʻrisida (O‘RQ-987-son) · Sana: 31.10.2024 · Amalda
Kadastr setkasi kadastr kvadratlaridan iborat boʻladi. Har bir kadastr kvadrati toʻliq graduslar va daqiqalarga hamda zarur boʻlganda oʻn karrali soniyalarga toʻgʻri kelishi kerak boʻlgan oʻnta oltmishtalik soniyani tashkil etadigan ikki parallel va ikki meridian oʻrtasida yuzasining asosi joylashgan noaniq chuqurlikdagi yer qaʼri uchastkasidan iboratdir.
Kadastr kvadrati ajralmas boʻlishi kerak, bundan milliy hudud chegaralari bilan ajratilgan kadastr kvadratlari hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq aynan bitta kadastr kvadratiga doir ikki ruxsatnoma mavjud boʻlgan hollar mustasno.
Ushbu Qonun maqsadlari uchun yer qaʼri uchastkasi makon chegaralarining oʻlchovlari koordinatalar boʻyicha Jahon geodeziya tizimiga (WGS-84) bogʻlanadi, chuqurliklar mutlaq chuqurliklar belgilari bilan koʻrsatiladi.
Yer qaʼri uchastkasining ustki makon chegarasi tuproq qatlamidan pastda, ushbu qatlam mavjud boʻlmaganda esa yer yuzasidan yoki suv havzalari, suv oqimlari tubidan pastda joylashadi. Yer qaʼri uchastkasining pastki makon chegarasi geologik jihatdan oʻrganish va oʻzlashtirish uchun qulay boʻlgan chuqurliklarda joylashadi. Ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda, yer qaʼri uchastkasining ustki va pastki makon chegaralari har xil chuqurlikda joylashishi mumkin.
Ruxsatnoma har doim umumiy nuqtaga ega boʻlgan uchastkalar hech boʻlmaganda tomonlaridan birining butun uzunligi boʻyicha birlashgan tarzdagi yonma-yon kadastr kvadratlarining muayyan miqdoriga nisbatan beriladi yoki uzaytiriladi, bundan ushbu Qonunning 169-moddasida nazarda tutilgan oʻtuvchi qoidalarda koʻrsatilganidan oshib ketish hollari mustasno.
Ruxsatnomalar doirasida yer qaʼri uchastkasi perimetrlari yer yuzasi bir yoki bir necha kvadratlar orqali hosil boʻladigan tarzda perimetrning biror-bir choʻqqisidan biriga muvofiq boʻlgan parallel bilan meridian kesishadigan joyni tayanch nuqta sifatida qabul qilgan holda, geografik koordinatalar yordamida soʻrab olinishi hamda belgilanishi kerak.
