18-modda. Yer qaʼrining kadastr tizimi
Yer qaʼri toʻgʻrisida (O‘RQ-987-son) · Sana: 31.10.2024 · Amalda
Yer qaʼrining kadastr tizimi yer qaʼri davlat fondining kadastridan hamda birlamchi geologik axborot reyestridan iborat.
Yer qaʼrining kadastr tizimini yaratish hamda uning barqaror ishlab turishini taʼminlash Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan yer qaʼridan foydalanuvchilarning maʼlumotlari asosida amalga oshiriladi.
Yer qaʼri kadastr tizimining tarkibi, mazmuni, talablari, undan foydalanish shartlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Yer qaʼrining kadastr tizimini yuritish bilan bogʻliq ishlar mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va uni toʻldirishning har yilgi davlat dasturlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladi.
