140-modda. Neft-gaz operatsiyalari uchun yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha dastlabki reja
Yer qaʼri toʻgʻrisida (O‘RQ-987-son) · Sana: 31.10.2024 · Amalda
Biror-bir moʻljallanayotgan neft-gaz operatsiyalarining boshlanishidan oldin yer qaʼridan foydalanuvchi bunday ishlarni tugatish uchun yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha dastlabki rejani tuzadi, reja quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
1) ruxsatnomaga kiritilgan neft-gaz operatsiyalari tamomlanganidan keyin obyektlarni tugatish yoki konservatsiya qilish amalga oshiriladigan yer uchastkasining tavsifi;
2) tegishli ruxsatnomaga kiritilgan kadastr kvadratining yer yuzasida yoki yer qaʼri uchastkasida amalga oshirilgan neft-gaz operatsiyalarining hujjatlari;
3) yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha rejani amalga oshirishga taalluqli maʼlumot beradigan axborot, unga quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi diagrammalar, chizmalar va, zarur boʻlganda, tegishli fotosuratlar ilova qilinadi:
a) kadastr kvadrati yuzasining yer uchastkasi joylashgan yer va asosiy infratuzilma obyektlari koʻrsatilgan xarita (xaritalar);
b) eʼtiborga olinishi kerak boʻlgan boshqa biror-bir tutash obyektlarning (telefon kabellari, boshqa quvurlar va platformalar kabilar) tegishli joylashuvi, turi hamda holati;
v) mazkur uchastkada amalga oshirilayotgan biror-bir tijorat faoliyati haqidagi axborot;
g) yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha rejani koʻrib chiqishga aloqador boʻlgan har qanday boshqa maʼlumot beradigan axborot;
4) neft-gaz infratuzilmasi obyektlarini foydalanishdan chiqarish sabablari;
5) yer qaʼri uchastkasida oʻrnatiladigan yoki oʻrnatilgan yoxud foydalanilayotgan neft-gaz infratuzilmasi obyektlarini foydalanishdan chiqarish, demontaj qilish, utilizatsiya qilish, buzib tashlash, takroran qayta ishlash yoki takroran foydalanish uchun qoʻllash taklif qilinayotgan usullar va choralar, shuningdek taklif etilayotgan usulni tanlash sabablari, shu jumladan taklif etilayotgan usulni hamda choralarni qoʻllash natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan taʼsirning baholanishi;
6) foydalanishdan chiqariladigan obyektlarda oʻrnatilgan yoki oʻrnatishga taklif qilinayotgan obyektlarning tavsifi, shu jumladan quyidagilarni ham nazarda tutadigan diagrammalar:
a) foydalanishdan chiqarish moʻljallanayotgan paytdagi neft-gaz infratuzilmasi obyektlarining barcha tayanch konstruksiyalari (turi, oʻlchami, tashqi koʻrinishi va ogʻirligi);
