126-modda. Kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplashga doir ruxsatnoma
Yer qaʼri toʻgʻrisida (O‘RQ-987-son) · Sana: 31.10.2024 · Amalda
Kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplash ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplashga doir ruxsatnoma Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan yuridik yoki jismoniy shaxsga “birinchi kelgan birinchi oladi” prinsipi boʻyicha beriladi.
Manfaatdor shaxsning arizasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) arizachining toʻliq nomi;
2) kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplash uchun soʻralayotgan ochiq kvadratlar.
Kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplashga doir ruxsatnoma ikki yil muddatga beriladi. Kolleksiya materiallarini toʻplashga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati uzaytirilmaydi.
Ariza ushbu Qonunda nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, Yer qaʼridan foydalanish markazi kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplashga doir ruxsatnoma berishni rad etishga haqli.
Kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplashga doir ruxsatnomani berish chogʻida davlat yer qaʼri fondi kadastriga tegishli hisobga olish yozuvi kiritiladi.
