12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Yer qaʼri toʻgʻrisida (O‘RQ-987-son) · Sana: 31.10.2024 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan uglevodorodlar sohasida, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan atrof-muhitni muhofaza qilishda yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
boshqa vazirliklar va davlat idoralari bilan yer qaʼridan foydalanish sohasida, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan uglevodorodlar boʻyicha hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan atrof muhitni muhofaza qilish yuzasidan sektorning rivojlanishini muvofiqlashtiradi;
mineral xomashyo bazasini rivojlantirishga va uni toʻldirishga oid har yilgi davlat dasturlarini shakllantiradi hamda amalga oshiradi;
yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish normativlari va talablariga rioya etilishiga, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashning oqilona usullarini qoʻllashga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan uglevodorodlar yuzasidan kelishuvga koʻra foydali qazilmalar zaxiralari hisobga olinishini taʼminlashga taalluqli qismini tashkil etadi;
yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi yoʻriqnomalarni hamda uslubiy qoʻllanmalarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining ishini tashkil etadi;
foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansini yuritish tartibini tasdiqlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
