100-modda. Yer ostida saqlash uchun foydalanish mumkin boʻlgan yer qaʼri makoni
Yer qaʼri toʻgʻrisida (O‘RQ-987-son) · Sana: 31.10.2024 · Amalda
Geotexnik, geologik, iqtisodiy va ekologik omillarni hisobga olgan holda, ishlab chiqarish, ilmiy yoki boshqa faoliyat obyektlarini joylashtirish uchun muhit sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan yer qaʼrining uch oʻlchamli makonga oid xususiyati yer ostida saqlash uchun foydalanish mumkin boʻlgan yer qaʼri makonidir.
Tabiiy yoki sunʼiy ravishda yaratilgan yer qaʼri boʻshliqlari, shuningdek odamlarning turishi, ishlab chiqarish obyektlarini, ilmiy va boshqa faoliyat obyektlarini joylashtirish uchun muhit sifatida foydalanishga yaroqli boʻlgan boshqa yer qaʼri uchastkalari yer qaʼri makoni obyektlari boʻlishi mumkin.
Yer qaʼri makoni uchastkasi doirasida joylashgan boshqa yer qaʼri resurslari, shu jumladan foydali qazilmalar ushbu uchastkaning tarkibiy qismi deb tan olinmaydi.
