49718-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual, xoʻjalik protsessual va Fuqarolik protsessual kodekslariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (163-II-son) · Sana: 14.12.2000 · Amalda
Apellatsiya instansiyasi sudi ishni koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqaradi.
Ajrim sudyalarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ajrim barcha sudyalar tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilikni tashkil etgan sudya ajrimga imzo qoʻyib, oʻzining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqlidir.
Apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan nazorat tartibida shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin”;
30) 498-moddasining nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“498-modda. Hukm va ajrim ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar”;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi va ajrimi ustidan, agar ish apellatsiya tartibida koʻrilgan boʻlmasa, kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqlidir. Ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaxslar qonuniy kuchga kirgan hukm va ajrim (qaror) ustidan, agar ish apellatsiya tartibida koʻrilgan boʻlmasa, kassatsiya tartibida protest bildirishga haqlidir”;
31) 499-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagilarning:
1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudiga, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga;
2) Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan — shu sudlarning sudlov hayʼatlariga;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan — shu sudning sudlov hayʼatiga;
4) okrug va hududiy harbiy sudlarning qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan esa shu sudning sudlov hayʼatiga kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish mumkin”;
32) 500-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
