49717-modda. Apellatsiya instansiyasida shikoyat ishni qoʻshimcha koʻrish
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual, xoʻjalik protsessual va Fuqarolik protsessual kodekslariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (163-II-son) · Sana: 14.12.2000 · Amalda
Baʼzi mahkumlarga daxli boʻlgan, belgilangan muddatda yuborilgan apellatsiya shikoyati yoki protesti biror sababga koʻra apellatsiya instansiyasi sudiga boshqa mahkumlarning jinoyat ishi koʻrib boʻlinganidan keyin kelib tushsa yoki oʻtkazib yuborilgan muddat ushbu Kodeksning 4975-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan tiklansa, shuningdek mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining apellatsiya shikoyati, ushbu mahkumga doir ish protsessining boshqa ishtirokchisi bergan apellatsiya shikoyati yoxud protesti boʻyicha koʻrib chiqilganidan soʻng kelib tushgan boʻlsa, apellatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyat yoki protestni koʻrib chiqishi va u boʻyicha ajrim chiqarishi shart.
Bu ajrim avval chiqarilgan ajrimga zid boʻlsa, ish bir yoki har ikkala ajrim ustidan protest berish masalasini hal qilish uchun nazorat tartibida protest bildirish vakolatiga ega boʻlgan sud raisiga joʻnatiladi.
Ishni qoʻshimcha koʻrish tartibi kechikib kelgan xususiy shikoyat va xususiy protestni hal qilishga ham taalluqlidir.
