“500-modda. Sud hukmlari, ajrimlarini (qarorlarini) kassatsiya tartibida qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyiladigan muddat
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual, xoʻjalik protsessual va Fuqarolik protsessual kodekslariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (163-II-son) · Sana: 14.12.2000 · Amalda
Shikoyat yoki protestda ogʻirroq jinoyatga doir qonun moddalarini qoʻllash zarurligi, jazoni kuchaytirish yoki mahkumning ahvolini ogʻirlashtiradigan boshqa oʻzgarishlar nazarda tutilgan boʻlsa, sudning ayblov hukmini yoki ajrimini (qarorini), shuningdek sudning oqlov hukmini yoxud ishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimini (qarorini) kassatsiya tartibida qayta koʻrib chiqishga ular qonuniy kuchga kirganidan keyin bir yil mobaynidagina yoʻl qoʻyiladi”;
33) 501-moddasi chiqarib tashlansin;
34) 502-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hukm chiqargan sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarib, bir oylik muddat ichida ishni shikoyatlar, protestlar va ular yuzasidan bildirilgan eʼtirozlar, shuningdek taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga yuboradi. Bu muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan koʻpi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin”;
35) 504-moddasi chiqarib tashlansin;
36) 505-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Birinchi instansiya sudining raisi kassatsiya shikoyati yoki protesti tushgan ish kassatsiya instansiyasi sudida koʻriladigan kun va joyni belgilaydi, bu haqda ushbu Kodeksning 498-moddasida koʻrsatilgan shaxslar xabardor qilinadi”;
37) 507-moddasi chiqarib tashlansin;
38) 508-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Baʼzi mahkumlarga daxli boʻlgan kassatsiya shikoyati yoki protesti biror sababga koʻra kassatsiya instansiyasi sudiga boshqa mahkumlarning jinoyat ishi koʻrib boʻlinganidan keyin kelib tushsa, shuningdek mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining kassatsiya shikoyati, ushbu mahkumga doir ish protsessning boshqa ishtirokchisi bergan kassatsiya shikoyati yoki protesti boʻyicha koʻrib chiqilganidan soʻng kelib tushgan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyat yoki protestni koʻrib chiqishi va u boʻyicha ajrim chiqarishi shart”;
39) 510-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
