7-modda. Saylov okruglarini tuzish
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (518-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazish uchun bir yuz oʻttiz beshta hududiy saylov okrugi tuziladi. Har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi.
Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini oʻtkazuvchi saylov okruglari (bundan buyon matnda saylov okruglari deb yuritiladi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. Saylov okruglarining chegaralari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining maʼmuriy-hududiy tuzilishini inobatga olgan holda belgilanadi.
Saylov okruglari, qoida tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng holda tuziladi. Har bir saylov uchun saylov okrugiga toʻgʻri keladigan saylovchilar normasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Markaziy saylov komissiyasi saylov okruglari roʻyxatini ularning chegaralari va saylovchilar sonini koʻrsatgan holda saylovga kamida yetmish besh kun qolganida eʼlon qiladi.
