41-modda. Okrug boʻyicha saylov natijalarini aniqlash
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida (990-XII-son) · Sana: 28.12.1993 · Kuchini yo'qotgan
Uchastka saylov komissiyalarining bayonlari asosida okrug saylov komissiyasi:
okrug boʻyicha saylovchilarning umumiy sonini;
saylov byulletenlari va varaqalari olgan saylovchilarning sonini;
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning sonini;
har bir deputatlikka nomzodni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar sonini;
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari va varaqalari sonini aniqlaydi.
Okrug boʻyicha saylov natijalari saylov komissiyasi majlisida aniqlanib, bayonda aks ettiriladi. Bayon rais, rais oʻrinbosari, komissiya kotibi, komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
