40-modda. Aloqa vositalaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish yuzasidan sud belgilagan taqiqqa (cheklovga) probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilishning oʻziga xos xususiyatlari
Probatsiya toʻgʻrisida (O‘RQ-938-son) · Sana: 07.08.2024 · Amalda
Aloqa vositalaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish yuzasidan sud belgilagan taqiqqa (cheklovga) probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat mazkur taqiqqa (cheklovga) rioya etilishi toʻgʻrisida ushbu shaxs bilan profilaktik suhbatlar yoki tekshiruvlar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Aloqa vositalaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish yuzasidan sud belgilagan taqiqqa (cheklovga) probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan rioya etilishini tekshirish mutaxassislarni jalb etgan holda, maxsus texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi.
Alohida hollarda, aloqa vositalaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish yuzasidan sud belgilagan taqiqqa (cheklovga) probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan rioya etilishi tuman (shahar) probatsiya boʻlinmasi xodimining soʻroviga koʻra tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida tekshirilishi mumkin.
