39-modda. Transport vositasini boshqarish yuzasidan sud belgilagan taqiqqa (cheklovga) probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilishning oʻziga xos xususiyatlari
Probatsiya toʻgʻrisida (O‘RQ-938-son) · Sana: 07.08.2024 · Amalda
Transport vositasini boshqarish yuzasidan sud belgilagan taqiqqa (cheklovga) probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilganlikni nazarda tutuvchi sud hukmini ichki ishlar organlarining yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalariga yuborish orqali amalga oshiriladi.
Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan probatsiya nazoratidagi shaxslar transport vositalarini boshqarganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan taqdirda, ichki ishlar organlarining yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalari tuman (shahar) probatsiya boʻlinmalariga bu haqda axborot yuboradi.
