23-modda. Tovar belgisiga doir guvohnomaga va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaga oʻzgartirishlar kiritish
Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida (267-II-son) · Sana: 30.08.2001 · Amalda
Tovar belgisining egasi yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning egasi Vazirlikni oʻz nomi, familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgarganligi toʻgʻrisida, tovar belgisi yoki tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazishga taalluqli boshqa oʻzgartirishlar toʻgʻrisida, tovar belgisi uchun esa tovar belgisi olingan tovarlarning roʻyxati qisqartirilganligi, tovar belgisining ayrim qismlari uning mohiyatini buzmaydigan tarzda oʻzgartirilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Ushbu oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi yozuv Vazirlik tomonidan tovar belgisiga doir guvohnomaga yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaga va tegishli reyestrga kiritiladi.
Tovar belgisiga doir guvohnomani haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida nizo kelib chiqqan taqdirda, huquqiy muhofaza berish nizolashilmayotgan bitta tovar yoki tovarlarning bir qismi uchun tovar belgisi alohida roʻyxatdan oʻtkazilganligi bir necha tovarga nisbatan amal qilayotgan tovar belgisi roʻyxatdan oʻtkazilganligidan tovar belgisi egasining arizasiga binoan ajratib koʻrsatiladi.
