Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida (267-II-son) · Sana: 30.08.2001 · Amalda
Quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi:
tovar kelib chiqqan joy xususida isteʼmolchini chalgʻitib qoʻyadigan joʻgʻrofiy nom boʻlgan belgilar;
tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman koʻrsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;
tovar tayyorlangan joy nomi bilan bogʻliq boʻlmagan joʻgʻrofiy nomni anglatuvchi va Oʻzbekiston Respublikasida muayyan turdagi tovar belgisi sifatida umum foydalanishda boʻlgan belgilar.
shu turdagi tovarga nisbatan tovar kelib chiqqan joy nomi yoki geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan belgilar.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-24925
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 11-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydigan belgilar Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida (267-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-6936/11 (lex.uz/docs/-24925)