10-modda. Tovar belgilari sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydigan belgilar
Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida (267-II-son) · Sana: 30.08.2001 · Amalda
Quyidagilar tovar belgilari sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi:
1) davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;
2) davlatlarning rasmiy nomlari, xalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki toʻliq nomlari;
3) rasmiy nazorat, kafolat tamgʻalari va namuna yoʻsinidagi tamgʻalar, muhrlar;
4) davlat xizmatlarining Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllaniladigan ajratish va farqlash belgilari tasvirlari;
5) farqlash xususiyatiga ega boʻlmagan belgilar;
6) muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umum foydalanishda boʻlgan belgilar;
7) umum eʼtirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar;
8) tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga moʻljallanganligi va qiymatini, shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yoki oʻtkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar;
9) tovar yoki uning tayyorlovchisi xususidagi yolgʻon yoki isteʼmolchini chalgʻitishi mumkin boʻlgan belgilar;
10) tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman koʻrsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;
11) maʼdanli suvlar, vino yoki kuchli spirtli ichimliklarning asliyatini aks ettiruvchi joʻgʻrofiy nomlar boʻlgan yoki shunday nomlarni ifodalovchi belgilar, mazkur joyda chiqarilmagan tovarlarni belgilash uchun ishlatilgan belgilar, shuningdek basharti ular tarjima qilinib yoki “koʻrinishdagi”, “turdagi”, “usuldagi” va boshqa shunga oʻxshash soʻzlar bilan qoʻshilgan holda qoʻllanilsa;
12) jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid boʻlgan belgilar;
13) quyidagi belgilar:
ilgari Oʻzbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki roʻyxatdan oʻtkazish soʻrab talabnoma berilgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilmay ham muhofaza qilinadigan yoki shu turdagi tovarlarga nisbatan ancha ilgariroq ustuvorlikka ega boʻlgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar;
har qanday tovarlarga nisbatan boshqa shaxslarning belgilangan tartibda hammaga maʼlum deb eʼtirof etilgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar;
