“329-modda. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitish
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-909-son) · Sana: 19.02.2024 · Amalda
Senat zarur boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari boʻyicha hisobotlarini Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda, ham bevosita, ham videokonferensaloqa rejimida oʻz majlisida eshitadi.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitish toʻgʻrisida Senat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan eshituvni tashkil etish boʻyicha choralar koʻrilishi uchun ushbu vazirlikni oldindan xabardor qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, unda ushbu rahbarlarning faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi, shuningdek ularning ishiga baho berilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Senat qarori oʻz hisoboti eshitilgan shaxsga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi”;
26) 3210-modda chiqarib tashlansin;
27) 34-moddaning birinchi qismidagi “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari” degan soʻzlar “Budjet va iqtisodiy masalalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi 704-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 588-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 969-modda) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
