“321-modda. Davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-909-son) · Sana: 19.02.2024 · Amalda
Senat zarur boʻlgan hollarda oʻz majlisida davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishi mumkin.
Davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish toʻgʻrisidagi masala Senat tomonidan qoʻmitalarning tashabbusiga koʻra koʻrib chiqiladi.
Davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish toʻgʻrisida Senat qaror qabul qiladi. Davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish toʻgʻrisidagi Senat qarori oldindan tegishli davlat organiga yuboriladi.
Davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, unda davlat organlari rahbarlarining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi, shuningdek ularning ishiga baho berilishi mumkin.
Davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan qaror tegishli davlat organiga yuboriladi”;
20) 323-moddaning ikkinchi qismidagi “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari” degan soʻzlar “Budjet va iqtisodiy masalalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 325-modda chiqarib tashlansin;
22) 326-moddaning:
uchinchi qismidagi “davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining” degan soʻzlar “davlat organlari rahbarlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha Senatning qoʻmitalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishli davlat organiga yuboriladi”;
beshinchi qismidagi “xoʻjalik boshqaruvi organlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oltinchi qismidagi “xoʻjalik boshqaruvi organlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
