16-modda. Saylov komissiyalariga aʼzolik
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida (1050-XII-son) · Sana: 05.05.1994 · Amalda
Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov oʻtkazuvchi viloyat va okrug saylov komissiyalarining aʼzolari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi.
Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi tuman, shahar va okrug saylov komissiyalarining aʼzolari, shuningdek uchastka saylov komissiyalarining aʼzolari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi.
Komissiyaning aʼzosi shaxsan bergan arizasiga muvofiq, shuningdek vakolatlaridan mahrum etilgan taqdirda oʻz vazifasini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Komissiya aʼzosini vakolatlaridan mahrum etish huquqi komissiyani tuzgan organga tegishli boʻlib, komissiya aʼzosi ushbu Qonun talablarini buzgani yoki oʻz vazifalarini muntazam ravishda eʼtiborsiz qoldirib kelgani taqdirda oʻz vakolatlaridan mahrum etiladi.
Zarurat boʻlganida saylov komissiyasining yangi aʼzosi ushbu Qonunda belgilangan tartibda tayinlanadi.
Saylov komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va boshqa aʼzolari siyosiy partiyalarning aʼzosi boʻlishlari mumkin emas. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar saylov komissiyalariga aʼzo boʻlishlari mumkin emas.
Bir shaxs faqat bitta saylov komissiyasiga aʼzo boʻlishi mumkin.
