15-modda. Uchastka saylov komissiyasining vakolatlari
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida (1050-XII-son) · Sana: 05.05.1994 · Amalda
Uchastka saylov komissiyasi:
1) uchastka boʻyicha saylovchilarning roʻyxatini tuzadi;
2) saylovchilarni saylovchilar roʻyxati bilan tanishtiradi, roʻyxatda yoʻl qoʻyilgan xatolar va noaniqliklar toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qiladi va koʻrib chiqadi hamda roʻyxatga tegishli oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etadi;
3) saylov kuni oʻz turar joyida boʻlish va ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchilardan saylov varaqasi solingan yopiq holdagi konvertlarni qabul qilib oladi;
4) aholini saylov kuni va ovoz berish joyi toʻgʻrisida xabardor etadi;
5) ovoz berish binosi va saylov qutilari hamda boshqa saylov ashyolari tayyorlab qoʻyilishini taʼminlaydi;
6) saylov kuni saylov uchastkasida ovoz berishni tashkil etadi;
7) saylov uchastkasida berilgan ovozlarni hisoblab chiqadi;
8) saylovga tayyorgarlik koʻrish va ovoz berishni tashkil etish masalalari yuzasidan tushgan ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
9) ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq oʻzga vakolatlarni amalga oshiradi.
