9-modda. Bojxona organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash
Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida (472-I-son) · Sana: 29.08.1997 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari va ixtisoslashtirilgan bojxona majmualari boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Bojxona organlarining ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida sanab oʻtilmagan mansabdor shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan tartibda tayinlanadi.
