10-modda. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining maxsus unvonlari
Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida (472-I-son) · Sana: 29.08.1997 · Amalda
Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ular egallab turgan lavozimlarga hamda necha yil ishlaganliklariga qarab, quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
kichik tarkib — bojxona xizmatining kichik serjanti, bojxona xizmatining serjanti, bojxona xizmatining katta serjanti;
oʻrta boshliqlar tarkibi — bojxona xizmatining leytenanti, bojxona xizmatining katta leytenanti, bojxona xizmatining kapitani;
katta boshliqlar tarkibi — bojxona xizmatining mayori, bojxona xizmatining podpolkovnigi, bojxona xizmatining polkovnigi;
oliy boshliqlar tarkibi — bojxona xizmatining general-mayori, bojxona xizmatining general-leytenanti, bojxona xizmatining general-polkovnigi.
Maxsus unvonlar berish va ulardan mahrum etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
