5-modda. Bojxona organlarining huquqlari
Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida (472-I-son) · Sana: 29.08.1997 · Amalda
Bojxona organlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga egadir:
tovarlar va transport vositalarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, jismoniy shaxslarning oʻzini koʻzdan kechirish;
yuridik va jismoniy shaxslardan koʻzdan kechirish uchun tovarlar va transport vositalarini, shuningdek zarur hujjatlarni taqdim etishni talab qilish;
valyuta nazoratini amalga oshirish;
moliya, bank va boshqa tashkilotlardan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslardan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan axborot va hujjatlarni hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa axborotni olish;
bojxona nazoratidan oʻtkazish maqsadida tovarlar hamda boshqa buyumlardan namuna va nusxalar olish;
bojxona nazoratidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlar saqlanayotgan hududlarga va binolarga belgilangan tartibda kirish;
bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir materiallarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish hamda jismoniy va yuridik shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish;
bojxonaga oid huquqbuzarliklarning bevosita predmeti boʻlgan tovarlar va transport vositalarini qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda ushlab turish hamda olib qoʻyish;
surishtiruv oʻtkazish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;
bojxonaga oid huquqbuzarliklarni aniqlashga xizmat qiladigan texnikaviy va maxsus vositalarni qoʻllash.
Bojxona organlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadirlar.
