4-modda. Bojxona organlarining asosiy vazifalari
Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida (472-I-son) · Sana: 29.08.1997 · Amalda
Bojxona organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va oʻz vakolati doirasida uning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash;
bojxona siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
bojxona toʻlovlarini undirish;
bojxona nazoratidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan tovarlar va transport vositalari shunday nazoratdan oʻtkazilishini taʼminlash;
bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilishining, shu jumladan kontrabandaning oldini olish, uni aniqlash va ularga chek qoʻyish;
tashqi iqtisodiy faoliyatga doir bojxona statistikasini hamda tovar nomenklaturasini yuritish;
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga oid qismidan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash.
