“22-modda. Deputatlikka siyosiy partiyalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan nomzodlar koʻrsatish
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (520-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining deputatligiga nomzodlar koʻrsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va saylovga qirq besh kun qolganida tugallanadi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashlari deputatligiga nomzodlar siyosiy partiyalarning viloyat organlari tomonidan koʻrsatiladi.
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar siyosiy partiyalarning tegishli tuman, shahar organlari tomonidan hamda fuqarolar yigʻinlarida (vakillari yigʻilishlarida) koʻrsatiladi.
Siyosiy partiyalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tegishli hududda joylashgan har bir saylov okrugidan bittadan deputatlikka nomzod koʻrsatishga vakolatlidir. Agar tegishli xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi saylov okrugi hududida fuqarolarning ikki va undan ortiq oʻzini oʻzi boshqarish organi joylashgan boʻlsa, deputatlikka nomzod fuqarolar vakillarining yigʻilishlarida koʻrsatiladi. Yigʻilishda ishtirok etadigan vakillar normasini tegishli tuman, shahar saylov komissiyasi belgilaydi.
Deputatlikka, qoida tariqasida, tegishli viloyat, tuman yoki shahar hududida ishlovchi yoki yashovchi fuqarolar nomzod etib koʻrsatiladi. Bir shaxs tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi faqat bitta saylov okrugidan deputatlikka nomzod etib koʻrsatilishi mumkin. Deputatlikka nomzodlar tanlash tartibini siyosiy partiyalarning va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻzlari belgilaydilar.
Siyosiy partiyalar faqat oʻz partiyasi aʼzolarini yoki partiyasizlarni deputatlikka nomzod etib koʻrsatishga vakolatlidir, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari esa shaxslarni u yoki bu partiyaga mansubligidan qatʼi nazar, deputatlikka nomzod etib koʻrsatishga haqlidir. Deputatlikka nomzodlar koʻrsatilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi”;
18) 22-1-moddaning:
ruscha matni birinchi qismidagi “sootvetstvuyuщego okruga” degan soʻzlar “sootvetstvuyuщego izbiratelnogo okruga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi birinchi xatboshisidagi “vakili” degan soʻz “vakolatli vakili” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
