“19-modda. Saylov kampaniyasi boshlanganligini eʼlon qilish
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (520-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov yuzasidan saylov kampaniyasi boshlanganligi deputatlarning vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi”;
15) 20-moddaning:
birinchi qismidagi “xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidagi “saylov tayinlangan kundan” degan soʻzlar “saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilingan kundan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 21-modda:
birinchi qismining:
birinchi xatboshisidagi “saylov tayinlanganidan keyin yigirma kun ichida” degan soʻzlar “saylovga kamida yetmish kun qolganida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “saylov tayinlangan kundan” degan soʻzlar “saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilingan kundan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Mazkur hujjatlar” degan soʻzlar “Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 22-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
