“26-1-modda. Deputatlikka nomzodlarni saylovoldi tadbirlarida ishtirok etishlari uchun ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalaridan ozod qilish
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (520-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Deputatlikka nomzod etib roʻyxatga olingan shaxs saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish, saylovoldi yigʻilishlarida soʻzga chiqish, televideniye koʻrsatuvlari va radio eshittirishlarida qatnashish vaqtida, oʻrtacha oylik ish haqi saylov oʻtkazish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan saqlangan holda, ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod boʻlish huquqiga ega”;
24) 28-moddaning birinchi qismidagi “xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
25) 29-moddaning:
birinchi qismidagi “18” raqami “oʻn sakkiz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “manzili” degan soʻz “yashash joyi manzili” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
26) 31-moddaning birinchi qismidagi “yigirma toʻrt” degan soʻzlar “24” raqami bilan almashtirilsin;
27) 32-moddaning birinchi qismidagi “organning nomi” degan soʻzlar “siyosiy partiya yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoxud saylovchilar tashabbuskor guruhi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
28) 38-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Saylovda saylovchi oʻzi qarshi ovoz berayotgan deputatlikka nomzodlarning saylov byulletenidagi familiyasini oʻchiradi”;
uchinchi qismidagi “byulletenni” degan soʻz “saylov byulletenini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
29) 39-moddaning:
ikkinchi qismidagi “taqiqlanadi” degan soʻz “qatʼiyan taqiqlanadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismi birinchi xatboshisidagi “komissiya” degan soʻz “uchastka saylov komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “byulletenlarga va saylov” degan soʻzlar “saylov byulletenlari va” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari va varaqalari, shuningdek ovoz berish chogʻida bittadan ortiq deputatlikka nomzodning familiyasi qoldirilgan saylov byulletenlari va varaqalari haqiqiy emas deb topiladi”;
