3-moddaHamkorlik faoliyati
Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 01.06.2023 · Amalda
Mazkur Bitimning 2-moddasida belgilangan sohalardagi hamkorlik faoliyati quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:
a) iqlim oʻzgarishi boʻyicha ekspertlar, tadqiqotchilar, olimlar va hukumat amaldorlari oʻrtasidagi almashuvlarni amalga oshirish, shu bilan birga, ularning malakasini oshirishda treninglar oʻtkazish imkoniyatlarini yaratish;
b) salohiyatni oshirish, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, Parij Bitimining 6-moddasida belgilangan ixtiyoriy hamkorlikni, monitoring, hisobot berish va tekshiruv, moslashish strategiyalari, xavfsizlik hamda texnik tartibga solish sohalarida;
s) ikki Tomonning milliy miqyosda belgilangan hissalariga (MMBH) erishish uchun foydalaniladigan issiqxona gazi tashlanmalarini qisqartirish natijalarining hosil boʻlishiga olib keluvchi davlat va xususiy loyihalar va/yoki dasturlarni ilgari surish;
d) iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlarini oldini olish uchun moslashish harakatlarini amalga oshirish; va
e) Tomonlarning oʻzaro kelishib olishi mumkin boʻlgan hamkorlikni ilgari surish boʻyicha boshqa faoliyatlarni amalga oshirish.
