2-moddaHamkorlik sohalari
Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 01.06.2023 · Amalda
Mazkur Bitimdan koʻzlangan maqsadlarga erishish uchun Bitim quyidagi hamkorlik sohalarini oʻz ichiga olishi mumkin:
a) issiqxona gazi tashlanmalarini hamkorlikning istiqbolli tarmoqlarida, jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, energetika, sanoat, transport, qurilish, chiqindilarni boshqarish, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi sohalarida kamaytirish va/yoki bartaraf qilish;
b) Parij Bitimining 6-moddasida belgilangan ixtiyoriy hamkorlikdan foydalanish va milliy kadastrlarni monitoring qilish, ular boʻyicha hisobot berish va tekshirish (MRV) boʻyicha salohiyatni oshirish;
c) moslashish strategiyalariga alohida eʼtibor qaratgan holda iqlim oʻzgarishiga moslashish salohiyatini oshirish;
d) iqlim bilan bogʻliq fan va texnologiyalar sohasida, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, modellashtirish, prognozlash va kuzatish, iqlim texnologiyalarini ishlab chiqish va almashishda hamkorlikni amalga oshirish; va
e) Tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida metan tashlanmalarini qisqartirish, adolatli energetik oʻtish, yashil investitsiyalarni ragʻbatlantirish, iqlimga chidamli qishloq xoʻjaligi va shaharlarni barqaror rejalashtirish kabi iqlim bilan bogʻliq harakatlarni ilgari surish boʻyicha boshqa hamkorlik sohalari.
